Uy-joy boshqaruv kompaniyalarining ishi qoniqarli emas. 20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi, dedi Shavkat Mirziyoyev.
2018-yildan buyon huquqiy eksperiment doirasida poytaxt hokimiga bo‘ysungan Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi yana Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 7,5 gektar maydondagi RK-2 markaziy qozonxonasiga yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalari o‘rnatiladi. Rekonstruksiya uchun Rossiyaning «SP OOO «BETWEEN TWO RIVERS» kompaniyasi 45 mln dollar investitsiya kiritadi.
O‘zbekistonda jami elektr energiyasining qariyb 60 foizi jamoat binolari iste’moliga to‘g‘ri kelmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirovning fikricha, «uy-joy va binolarni ekspluatatsiya qilishda energiya tejash bo‘yicha katta muammolar mavjud». Jahon bankining O‘zbekistondagi vakili Marko Mantovanelli esa yuqori energiya sarfi gazni atrof muhitga tashlash va iqlim o‘zgarishlariga sabab bo‘lishini ta’kidladi. O‘zbekiston muammoni bartaraf etish uchun Milliy dastur ishlab chiqmoqchi.
O‘zbekiston aholisi issiqlik energiyasi uchun 2 trln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan, natijada isitish korxonalari gaz, elektr va sovuq suvdan 2,5 trln so‘m qarzdor bo‘lib qolgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qurbon Tursunovning ta’kidlashicha, kelgusida barcha loyihalarda yetkazib berilayotgan issiqlik haroratiga qarab narxni hisoblaydigan elektron hisoblagichlar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.
Prezident qarori bilan 15 ta hududdagi 1227 ta uy kommunal va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadigan, obodonlashtirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadigan boshqaruv kompaniyalariga beriladi. 6085 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 734 milliard so‘m, ta’mirlash dasturiga 100 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan keyin qurilgan uylar quruvchi boshqaruviga topshiriladi.
Prezident ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, loyihalar xorijlik mutaxassislar ishtirokida tayyorlangan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga xorijlik mutaxassis Olive Norman maslahatchi etib tayinlandi. U qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalarini shakllantirish masalalarida vazirlik mas’ul xodimlariga ko‘maklashadi.
Respublika bo‘yicha 260 ta eski ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash hamda 193 ta avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni buzib, ular o‘rniga yangi uy-joylarni qurish taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting